Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasiga chet davlatlardan juda ko‘p miqdorda dori vositalari olib kirilmoqda. Afsuski, ularning ko‘pchiligi Respublikaning vakolatli organlari tomonidan sertifikatsiyadan o‘tkazilmaydi, balki faqat birga kelgan sertifikat asosida dorixonalarga joylashtiriladi.
Aynan shunday holatlar sababli, ba’zi dori vositalari soxta bo‘lishi yoki mamlakatimizdagi hayot sharoitlariga mos kelmasligi mumkin.
Shuning uchun nojo‘ya ta’sirlardan saqlanish maqsadida, siz xarid qilayotgan dori vositasining sertifikatiga albatta e’tibor bering.